Jahon

Britaniya Ukrainaga vertolyotlar yubordi

Bu safar ularning soni maʼlum qilinmagan.

Britaniya Ukrainaga vertolyotlar yubordi

 

Buyuk Britaniyaning “See King” nomli vertolyotlari Ukrainaga yetib keldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Aleksey Reznikov maʼlum qildi.

 

“Buyuk Britaniyadan Ukrainadagi Qora dengiz bo‘yiga vertolyotlar yetib keldi! Bu Ukraina harbiy-dengiz kuchlari uchun katta yordamdir. Hamkorligimiz yanada rivojlanadi”, — deb yozgan Reznikov o‘zining Twitter sahifasida.

 

Vazir bu safar Ukrainaga kelgan vertolyotlar sonini aytmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Britaniya hukumati uchta “Sea King” qidiruv-qutqaruv vertolyotlarini Ukrainaga o‘tkazishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"