Kechki ovqatga qo‘shib bir dasta dollar olishga nima deysiz?
McDonald‘s buyurtmachisiga ovqat bilan birga pul ham yuborildi.

McDonald‘s dan ovqat buyurtma qilgan Djosay Vargas juda omadli ekanini bilib oldi. Uning buyurtmasi orasida bir dasta naqd pul ham bor edi.
Ammo haqiqatparvar mijoz zudlik bilan ortiga qaytib, pullarni restoranga topshirdi.
Buning uchun Djosay xodimlar va voqeaga guvoh bo‘lgan mijozlar olqishiga va maqtovlariga sazovor bo‘ldi.
Ayrimlar nafsini yengib, o‘z oyog‘i bilan kelgan pulni qaytara olmasligini tan olgan.
Qahramonning to‘g‘ri yo‘l tutganidan ilhomlangan McDonald‘s xodimlari unga bir oy davomida tekin ovqatlanish imkonini sovg‘a qildi. Ammo keyinroq ovqatlanishga kirgan erkak pul to‘lashga majbur bo‘lganini aytmoqda.








