Bosh vazir maslahatchisi ishdan olindi
Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilingan.

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, Mexriddin Akmalovich Xayriddinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar berdi.
U Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.








