Farg‘onada uy yonib ketdi
FVB hodisa oqibatlarini maʼlum qildi.

Bugun, 23-yanvar kuni Farg‘ona shahridagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 19:33 da Farg‘ona shahrining “Bahor” MFY hududida joylashgan xonadonning 100 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yongan.
Yong‘in-qutqaruvchilar manzilga soat 19:36 da yetib borib, yong‘in 19:59 da o‘chirilgan. Yong‘indan uyning 500 kvadrat metr joyi saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.








