O'zbekiston

Mineral o‘g‘itlarga bojxona imtiyozlari 3 yilga uzaytirilishi mumkin

Bu haqda Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda taklif bildirildi.

Mineral o‘g‘itlarga bojxona imtiyozlari 3 yilga uzaytirilishi mumkin

 

Bugun, 23 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev paxta yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Bugungi kungacha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sohaga 5 milliard 300 million dollar investitsiya kiritilgan, ularga 3 milliard dollar imtiyozli kreditlar ajratilgan. Klasterlar tomonidan 4 milliard dollarlik 265 ta loyiha ishga tushirilib, 300 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Natijada paxta hosildorligi 30 foizga oshib, 26 sentnerdan 34 sentnerga yetdi.

 

Lekin joylarda klaster va fermerlarni qiynayotgan muammolar ham bor. Jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli fermer xo‘jaliklarida penya qarzdorligi vujudga kelgan.

 

7 mingta fermer paxta maydonlarini nasoslar orqali sug‘orishga majbur bo‘layotir. Fyuchers shartnomalari tuzishning oxirgi muddati belgilanmagan, shartnomalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha shaffof tizim yo‘q.

 

Yig‘ilishda sohadagi shu kabi muammolar muhokama qilinib, zarur choralar belgilandi.

 

Xususan, paxta maydonlarini nasos bilan sug‘orish uchun ketgan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi qoplab berilishi qayd etildi.

 

O‘tgan yili ichki bozorda mineral o‘g‘it narxi o‘rtacha 50 foizga oshib, tanqislik yuzaga kelgan edi. Shu bois mineral o‘g‘itlarga bojxona imtiyozlarini yana 3 yilga uzaytirish taklifi bildirildi.

 

Mutasaddilarga klaster va fermerlar o‘rtasidagi shartnomalarni tartibga solish hamda hisob-kitoblarni joyiga qo‘yish, paxta va g‘alla yetishtirishni muvofiqlashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun fermer xo‘jaliklariga hisoblangan penyalar, istisno tariqasida, hisobdan chiqarilishi belgilandi.

 

Fyuchers shartnomalarini soliq organlarining elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, endi Nyu-York birjasining o‘rtacha oylik fyuchers kotirovkalari tahlili Qishloq xo‘jaligi vazirligi veb-saytida eʼlon qilib boriladi.

 

Paxtachilik yo‘nalishidagi ilmiy institutlarni ishga solib, chet ellarda qo‘llanilayotgan unumdor va kam suv talab qiluvchi navlarni mahalliylashtirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Yig‘ilishda, umuman, qishloq xo‘jaligidagi joriy yilgi vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

 

Jumladan, 400 million dollarlik 600 ta loyiha ishga tushirilishi, qo‘shimcha 185 ming tonna saqlash va qayta ishlash quvvatlari hamda 33 ta tumanda agroxizmat markazlari tashkil etilishi aytildi.

 

Ipakchilik sanoatida 3 trillion so‘mlikdan ziyod mahsulot tayyorlanib, qariyb 110 million dollarlik eksport qilinmoqda. Lekin bu tarmoqda salohiyat yana-da katta. Shu bois Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga bu yil 26 ming tonna pilla, 1,3 million dona qorako‘l terisi va 40 ming tonna jun ishlab chiqarish vazifasi qo‘yildi.

 

300 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatish, 200 ming gektar yerni lazerli tekislash rejalashtirilgan. 100 ming gektar ekin yerlarini taqsimlab, 2 milliondan ziyod aholining bandligini taʼminlash ham muhim vazifalardan. Bu asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli bo‘lib, bozorlarda narx-navo barqaror bo‘lishida ham ahamiyatga ega.

 

Shuningdek, O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoatida oliy va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga ehtiyoj katta. Shuning uchun xorijiy davlatlar tajribasi asosida bu sohada yangi institut tashkil etish taklifi maʼqullandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mineral o‘g‘itlarga bojxona imtiyozlari 3 yilga uzaytirilishi mumkin | Zamon.uz