Jahon

So‘nggi paytlarda soch oqarishi va to‘kilishi yosharib bormoqda

Bugun soch to‘kilishi, yoki ilmiy tilda aytganda, alopetsiya haqida gaplashamiz.

So‘nggi paytlarda soch oqarishi va to‘kilishi yosharib bormoqda

 

Alopetsiya – bu sochning fiziologik meʼyordan ko‘p to‘kilishidir. Bunda soch follikulasi zarar ko‘rishi yoki ko‘rmasligi mumkin.

 

Bitta soch tolasining umri bir necha qismga bo‘linadi: o‘sish, o‘tish davri va to‘kilish. Turli faktorlar taʼsirida bu bosqichlar davri o‘zgarishi mumkin, bu esa soch to‘kilishi va kallikka olib keladi.

 

Insonning boshida o‘rtacha taxminan 100 000 soch follikulalari mavjud. Qizig‘i, soch rangiga qarab, follikulalar soni va qalinligi farq qilishi mumkin. Soch tolasi malla sochlilarda 150 000 ta, qizg‘ish sochlilarda esa 50 000 ta bo‘lishi mumkin.

 

Hayot davomida har bir follikuladan 20-30 ta soch tolasi o‘sishi mumkin. Har bir yangi soch tolasi 2-7 yil davomida o‘sishi mumkin va uning uzunligi bir metrdan oshadi.

 

Soch nega to‘kiladi?

 

Soch to‘kilishiga moyillik genetik dasturlangan, degan qarash mavjud edi, ammo quyidagi faktorlar ham alopetsiyaga olib kelishi mumkin:

 

—doimiy stress;

—gormonlar muvozanatdan chiqishi;

—tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr;

—muvozanatsiz ovqatlanish va nazoratsiz diyetalar;

—salbiy ekologik holat;

—sochning mexanik yoki kimyoviy shikastlanishi;

—infeksion jarayonlar.

Bundan tashqari, soch to‘kilishiga maxsus davolash kurslari ham sabab bo‘lishi ham mumkin.

 

Alopetsiya turlari

 

Soch o‘sish mexanizmiga ko‘ra,  alotsesiya ikki asosiy turga bo‘linadi: chandiqsiz va chandiqli.

 

Chandiqsiz alopetsiya eng ko‘p tarqalgan.

 

Chandiqli alopetsiyaning sababi virusli, bakterial yoki zamburuqli infeksiyalar, jismoniy jarohatlar, issiqlik yoki kimyoviy kuyishlar bo‘lishi mumkin.

 

Zamonaviy kosmetika vositalari tarkibida soch uchun zarur moddalar bo‘lishiga qaramasdan, ulardan foydalanishda tarkibiga eʼtibor berish talab etiladi. Masalan, soch uchun ishlab chiqarilgan niqoblar baʼzan bosh terisi faoliyatiga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday niqoblardan haftada 1 martadan ko‘p foydalanish tavsiya etilmaydi. Zamonaviy vositalar bilan tabiiy vositalarni aralashtirib qo‘llash sochning erta to‘kilishi oldini oladi.

 

Sanoatda ishlab chiqarilayotgan shampun, shunga o‘xshash yuvish vositalarining hammasi ham birdek zararli emas. Tarkibi faol moddalar bilan boyitilgan yuvish vositalari soch to‘kilishiga sabab bo‘lmaydi.

 

Soch meʼyoran ortiq to‘kilishi rixologga murojaat qilishga sababdir. Unutmang, aslo o‘zboshimchalik bilan o‘zingizni daʼvolash bilan shug‘ullanmang. Buning oqibatlari yana-da og‘ir bo‘lishi mumkin.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

So‘nggi paytlarda soch oqarishi va to‘kilishi yosharib bormoqda | Zamon.uz