AQSh Xitoy kompaniyalarini Rossiyaga yordam berishda ayblamoqda
Vashingtonga ko'ra, Pekin urushda neytral tomon emas.

AQSH prezidenti ma’muriyati Pekinga Xitoyning ayrim davlat kompaniyalari Ukrainadagi mojaroda Rossiyaga “harbiy va iqtisodiy yordam” ko‘rsatishi mumkinligi to‘g‘risida dalillar taqdim etdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
AQSH rasmiylari qanday aniq dalillarni olgani noma’lum. Agentlik manbalariga ko‘ra, AQSH ma’muriyati Xitoy hukumatini neytral tomon emas deb hisoblaydi.
AQSH rasmiylari xitoylik hamkasblari bilan bu masalani ko‘targan va urushga moddiy yordam ko‘rsatish oqibatlaridan ogohlantirgan.








