Germaniya Ukrainaga qancha tank yetkazib bera oladi?
Yetkazib berish 2023 yilning oxiri – 2024 yilning boshiga mo‘ljallangan.

Germaniyaning «Rheinmetall» mudofaa konserni Ukrainaga jami 139 ta «Leopard» tankini yuborishi mumkin.
“Bizda 22 ta «Leopard» 2A4 jangovar mashinalarimiz bor, ularni ishga tayyorlab, Ukrainaga jo‘natishimiz mumkin”, — degan konsern vakili.
Yetkazib berish 2023 yilning oxiri – 2024 yilning boshiga mo‘ljallangan. Yana 29 ta Leopard 2A4 2023 yilning aprel-may oylarida jo‘natishga tayyor bo‘ladi.
Bundan tashqari, 88 ta "Leopard 1"ni ishlab chiqarish mumkinligi qo‘shimcha qilindi.
18 yanvar kuni o‘z Germaniya kansleri Olaf Sholts AQSH Ukrainani Abrams tanklari bilan taʼminlashi sharti bilan Kiyevga “Leopard 2” jangovar tanklarini yetkazib berishga ruxsat berishga tayyorligini maʼlum qilgandi. So‘nggi kunlarda Berlinga tanklarni Kiyevga o‘tkazish uchun bosim sezilarli darajada oshdi.
Ayrim davlatlar, jumladan Polsha va Finlyandiya Ukrainaga "Leopard" berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi, biroq buning uchun Berlin roziligi kerak.







