O'zbekiston

Qishda sabzavotlarni sifatli saqlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Bugungi kunda mamlakatda ularni saqlashga mo‘ljallangan 4 400 dan omborxona mavjud.

Qishda sabzavotlarni sifatli saqlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

 

Qish mavsumida keskin sovuq bo‘lganda, sabzavot mahsulotlarini o‘rnatilgan tartibda saqlash oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

 

Bugungi kunda, mamlakatda sabzavot ekinlarini saqlashga mo‘ljallangan 4 400 dan ortiq umumiy sig‘imi 1,5 mln tonna bo‘lgan omborxona mavjud.

 

Respublikamizda 2022/2023 yil qish mavsumiga 583 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotini zaxiralash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 640 ming tonna zaxira qilingan.

291 ming tonna kartoshka zaxira qilish rejalashtirilgan, amalda 297 ming tonna;

 

74,5 ming tonna piyoz zaxira qilish rejalashtirilgan, amalda 93,2 ming tonna (ayni kunda hududlarda zaxira miqdori 87 ming tonna va aholi xonadonlarida 232 ming tonna, jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi viloyatlar tomonidan tasdiqlanmoqda).

 

138,4 ming tonna sabzi zaxira qilish rejalashtirilgan, amalda 159 ming tonna.

 

Qish mavsumiga zaxira qilingan sabzavotlarni saqlashda o‘ziga xos me’yor va talablar mavjud. Zaxiradagi sabzavot mahsulotlari faol shamollatish va muzlatgichli stasionar omborlarda hamda aholi xonadonlarida mavsumiy omborxonalarda saqlanadi. Ana shu yo‘l bilan aholini sabzavotga bo‘lgan ehtiyojini yil davomida qondirish imkoniyati yaratiladi.

 

Sabzavotlarni iste’mol qilinmaguncha yo‘qotishlarni kamaytirish va sifatini saqlab qolish uchun oqilona boshqaruv sabzavot saqlash uchun muzlatkich uskunalardan (kameralar va boshqa qurilmalar) foydalanish asoslidir.

 

Har bir oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga – sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlari (SanQvaN), davlat standarti (GOST), tashkilot standartiga asosan saqlanishining muayyan talablari belgilangan.

 

Ya’ni, har bir mahsulot qoida va me’yorlarda belgilangan ma’lum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim.

 

Saqlash rejimi quyidagi muhim omillarni o‘z ichiga oladi: harorat, havo namligi, havo almashinuvi, gaz muhiti va yorug‘lik tarkibi.

 

Sabzavot mahsulotlarni saqlash jarayonida belgilangan havo haroratidan pasayib ketishi mahsulotlarni muzlab qolishiga sabab bo‘ladi.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.