Savdo-sanoat palatasiga bir qancha vakolatlar berildi
Bu Prezidentning tegishli farmonida belgilab qo‘yildi.

Mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari Savdo-sanoat palatasi a’zoligiga tekin qabul qilinadi.
Palata, jumladan, a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab, Oliy sudga ariza berishi hamda iqtisodiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin.
2023-yil 1-fevraldan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi.
Palata tadbirkorlarning manfaatlarida sudlarga taqdim etadigan ariza, da’volar hamda apellyasiya va kassasiya shikoyatlari bo‘yicha davlat boji to‘lovlaridan ozod etiladi.
Qarorga ko‘ra, Palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosida kamida 20 nafar ilg‘or tadbirkorlardan iborat Tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi.







