Tez tibbiy yordam mashinalari hududlarga topshirildi
SSV tizimida eskirgan avtomashinalarni zamonaviylariga almashtirish ishlari ketmoqda.

Xususan, “103” xizmatida 2938 dona "Tez yordam" mashinasi bo‘lib, shundan 648 tasi yoki 22 foizi normativ hujjatlarga asosan yangilanishga muhtoj.
Hozirgi kunda "103" tasarrufida:
244 ta “Hunday”,
145 ta “Volkswagen Caddy”,
90 ta “Nissan”,
46 ta “Toyota”,
228 ta “Ford”,
13 ta “Foton”,
37 ta “UAZ”,
5 ta “Isuzu NLR”,
29 ta “Isuzu D-MAX”,
19 ta “Gazel”,
2082 ta “Damas” mashinalari xizmat ko‘rsatmoqda.
Prezidentimizning 2021-yil 27-maydagi 5129-son va 2022 yil 16 iyundagi 283-son qarorlariga muvofiq, tizimdagi mavjud “Damas” rusumli va xizmat muddatini o‘tagan boshqa turdagi avtotransport vositalarini 2022-2024 yillarda yangilash belgilangan.







