«Vagner» yollagan mahbuslar frontni tashlab ketdi
Ulardan faqat 10 ming nafari jangovar harakatlarda ishtirok etmoqda.

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tomonidan yollangan 50 000 mahbusdan faqat 10 000 nafari frontda qoldi. Qolganlari halok bo‘lgan yoki tashlab ketdi, deb xabar beradi Meduza.
Rossiyaning " Русь сидящая" xayriya jamg‘armasi rahbari Olga Romanovaning taʼkidlashicha, mahbuslar "dahshatli kuch bilan" kuzda frontni tark eta boshlagan. Ularning ko‘plari o‘zlari bilan qurol olib, Rossiyaga qaytib ketishgan.
“Bizning maʼlumotlarimizga ko‘ra, dekabr oyi oxiriga kelib 42-43 ming nafar mahbus yollangan. Ulardan o‘n mingtasi frontda jang qilmoqda, chunki qolganlari yo o‘ldirilgan, yoki bedarak yo‘qolgan yoki tashlab ketgan”, — dedi Romanova.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya qamoqxonalarida yurib, ko‘plab mahbuslarni frontga jalb qilgandi.







