Jahon

Zelenskiy davlat idoralarida tozalash o‘tkazmoqchi

Hozirga qadar bir qator amaldorlar ishdan olingan.

Zelenskiy davlat idoralarida tozalash o‘tkazmoqchi

 

Vladimir Zelenskiy davlat xizmatchilariga xorijda dam olishni taqiqladi va qator amaldorlarni ishdan oldi.

 

O‘zining kunlik videomurojaatida Ukraina yetakchisi milliy xavfsizlik kengashi “prinsipial” qaror qabul qilganini va mahalliy deputatlardan tortib kuchishlatar tizim vakillarigacha xorijda dam olishni taqiqlaganini aytgan.

 

Shu bilan birga turli darajadagi vazirliklar va tizimlarda kadrlar o‘zgarishi bo‘yicha maʼlumot bergan. Zelenskiy aniq nomlarni aytmagan bo‘lsa-da, OAVda bir qator amaldorlarning nomini keltirgan.

 

Masalan, Ukraina bosh prokurori o‘rinbosari Aleksey Simonenko Yangi yilda Ispaniyaga borgan. UNIAN nashriga ko‘ra, undan o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozishni so‘rashgan.

 

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko ham isteʼfoga chiqarilgan. U mamlakatdagi eng yirik korrupsionerlardan biri sifatida ko‘riladi. Ayrim OAVga ko‘ra, Timoshenkoning bo‘shatilishi ortida shaxsan AQSH turibdi.

 

 

 

 

 

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"