Amerikalik Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoniga 1 million dollar meros qoldirdi
Valeriy Zalujniy bu pullarni qanday maqsadda sarflagan?

Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy amerikalik tadbirkor Gregori Stepansadan million dollariga merosxo‘r bo‘ldi. The New York Times maʼlumotlariga ko‘ra, general bu pulni ukrain armiyasiga xayriya qilgan.
Stepanes kelib chiqishi bo‘yicha ukrainalik bo‘lgan. U 2022 yil oktyabrida vafot etgan. Shu bilan birga Zalujniyning biznesmenni shaxsan taniganmi, yo‘qmi maʼlumot yo‘q.
2022 yil Ukraina milliy banki 2022 yilda biznes va alohida shaxslardan armiya uchun 500 million dollar qabul qilgan. Gumanitar maqsadlar uchun 20 million dollar xayriya qilingan.







