Buxoroda 20 dan ortiq bola “Sinepar”dan vafot etgani aytildi
Holatga vazirlik munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida bir kunning o‘zida “Sinepar” siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirib, bu xabarlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida Buxoro viloyatidagi tibbiyot muassasalarida davolangan bolalarda ushbu preparatni qabul qilish tufayli hech qanday o‘lim holati kuzatilmagan.
“Vazirlik yurtdoshlarimizga har qanday dori vositasidan shifokor ko‘rsatmasisiz va o‘zboshimchalik bilan foydalanmaslik zarurligini yana bir bor eslatib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.








