O'zbekiston

Respublika ishchi faoliyati poytaxt tumanlarida davom etmoqda

Poytaxtimizning Yunusobod va Chilonzor tumanlari Respublika ishchi guruhi faoliyatining navbatdagi manzillariga aylandi. Toshkentda 19 yanvar kuni o‘z ishini boshlagan mazkur guruh o‘tgan davr mobaynida aholining yuzlab muammolarini bartaraf etishga ulgurdi.

Jumladan, 17 ta vazirlik va idora rahbarlaridan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi Yunusobod tumani aholisidan kelib tushgan 2 210 ta muammodan 2 112 tasi, yaʼni 96 % shu kungacha hal etildi.

Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Tumandagi elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida 8 ta mobil brigadalar tashkil etilgan. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 2 ta yangi transformator o‘rnatildi, 21 ta transformator taʼmirlandi, 7,3 km elektr tarmog‘i tortildi natijada 174 ta ko‘p qavatli uylar va 5127 ta yakka tartibdagi aholi xonadonlarining energiya taʼminoti yaxshilandi.

Tabiiy gaz taʼminotini oshirish bo‘yicha 19 ta gaz taqsimlagich taʼmirlandi, 13 340 ta aholi xonadonlarining gaz bosimi oshirildi.

Isitish tizimini yaxshilash bo‘yicha 0,3 km. issiq suv quvuri taʼmirlandi, 67 ta ko‘p qavatli uy va 974 ta aholi xonadonlarida isitish tizimi tiklandi.

Tumanning 7 ta maktabga  Toshkent shahar hokimligi tomonidan jami 686 mln. so‘mlik kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Chilonzor tumanida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Respublika ishchi guruhi Shtabiga jami 2 203 ta masalada murojaat kelib tushgan bo‘lib, 1 905 tasi, yaʼni 86 % joyida hal etildi. Murojaatlarning 1 653 tasi elektr energiya, 409 tasi gaz taʼminoti, 93  tasi issiqlik taʼminoti va 48 tasi boshqa masalalarda.

Tumanda elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 19 ta transformator yangisiga almashtirilib, 15,7 km tarmoq tortildi, 5,9 km past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari joriy taʼmirlandi. 13 ta mahallada 9 ta ko‘p qavatli, 2 ta xonadonning, 1 ta tashkilotning  ichimlik suvi taʼminotida mavjud muammolar hal etildi.

378 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari, 195 dona gaz taqsimlash punktlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.