Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida qamoqxona va koloniyalar tuzmoqchi
Bu bo‘yicha jazoni ijro etish Federal xizmatiga tegishli topshiriq berilgan.

Rossiya Ukrainaning anneksiya qilingan hududlarida 20 ta axloq tuzatish koloniyalarini tuzmoqchi. Bu haqda jazoni ijro etish federal xizmatiga tegishli topshiriq berilgan.
Xususan, “DXR” hududida 12 ta koloniya, LXRda 7 ta, Xerson viloyatining bosib olingan joylarida 3 ta va anneksiya qilingan Zaporojyening bir qismida 2 ta koloniya qurish rejalashtirilgan.
Umuman olganda, 2022 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, butun Rossiyada 626 ta koloniya faoliyat yuritgan.







