Chinozda Lacetti muzlagan ko‘lmakda qolib ketdi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 26-yanvar kuni Toshkent viloyatida Lasetti muzlagan ko‘lda qolib ketdi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 10:30 da viloyat FVBga «Lesetti» rusumli avtomobil haydovchisi Chinoz tumanida yo‘lda xosil bo‘lgan muzlab qolgan ko‘lmak ustidan harakatlanishi natijasida muz yorilib, avtomashina o‘sha joyda qolib ketganligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Zudlik bilan Chinoz tumani FVB qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, muz orasida qolib ketgan haydovchi, uning yo‘lovchisi hamda avtomashinasiga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam ko‘rsatgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.








