O‘tgan yili sudlar tomonidan qanday jinoyatlar fosh etildi?
Jinoyat sodir etganlarning 1173 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi.

1 010 nafar shaxs oqlanib, reabilitasiya qilindi, sudlangan shaxslar soni 56 542 nafarni tashkil etib, shundan 17 610 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 37 503 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 429 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 50 045 nafari erkak, 6 497 nafari ayol, 21 958 nafari yoshlar (shu jumladan 1 773 nafari voyaga yetmagan) va 1 885 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.
8 453 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 26 753 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 10 202 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 13 824 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.
495 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilgan jinoyat ishlarining aksariyatini firibgarlik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, o‘g‘rilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish, bezorilik, pora berish, qasddan badanga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish kabi jinoyatlar tashkil etdi.







