Qozog‘iston ayrim migrantlarga "propiska" berishni soddalashtiradi
Ular qaysi kasb egalari bo‘lishi mumkin?

Talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallagan xorijliklar to‘lov qobiliyatini tasdiqlashlari shart bo‘lmaydi. Migratsiya qoidalariga o‘zgartirishlar IIV tomonidan ishlab chiqilgan.
Bunday mutaxassisliklar ro‘yxatiga shifokorlar, muhandislar, agronomlar, arxitektorlar, biologlar, geologlar, metallurglar, kimyogarlar, IT-mutaxassislari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va boshqalar kiradi.
Eslatib o'tamiz, 27-yanvardan xorijliklarning mamlakatda qolish muddatlari o‘zgaradi







