Rossiya G‘arb tanklariga qarshi robot bilan kurashmoqchi
Moskva fevralda Ukrainaga ushbu qurilmalarni yuboradi.

“Marker” robotlari avtomatik tarzda dushman texnikasini aniqlashi mumkin. "Roskosmos"ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozinga ko‘ra, u Amerikaning Abrams va Germaniyaning Leopard tanklarini yo‘q qila oladi.
Amaldor fevralda Ukrainaga 4 ta shunday qurilma jo‘natilishini aytgan. Avvaliga ular poligonlarda sinovdan o‘tkaziladi.
Kamchiliklari bartaraf etilgach esa jangovar harakatlar zonasiga yo‘naltiriladi.
“Marker” robotlari avvalroq Sharqiy kosmodromida sinovdan o‘tkazilgandi. Uning vazni 3 tonnani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Germaniya va AQSH Ukrainaga tanklar yetkazib berishga rozi bo‘lgandi.







