Surxondaryoda ishdan bo‘shagan xodim nomiga 305 mln ish haqi yozildi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Surxondaryo viloyati patologikanatomiya byurosi bosh hisobchisining talon-torojligi fosh bo‘ldi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, departamentining Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda viloyat Patologikanatomiya byurosi bosh hisobchisi I.M. 2019 yilning yanvar oyida ishdan bo‘shab ketgan G.P.ning nomiga 2019-2022 yillar davomida ish haqi hisoblab, jami 305,8 mln so‘mni o‘zlashtirganligi aniqlanib, fuqaro G.P.ning nomiga ochilgan plastik karta ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








