Trampning “Facebook” va “Instagram” akkauntlari blokdan chiqariladi
Sobiq prezident bir yildan ortiq ijtimoiy tarmoqdan “quvg‘in” qilingandi.

Meta kompaniyasi tez orada Donald Trampning “Facebook” va “Instagram”ga qaytishiga ruxsat beradi. Sobiq prezident akkauntlari bir yil-u sakkiz oy davomida bloklab qo‘yilgandi.
Meta‘ning global masalalar bo‘yicha prezidenti Nik Klegg maxsus murojaatda Trampning qaytishini maʼlum qilgan. Yaqin haftalar ichida taqiq olib tashlanadi.
Oq uyning sobiq rahbari 2021 yil 6 yanvardagi Kapitoliyga hujumlardan so‘ng “Facebook” va “Instagram”dan quvilgandi.
Trampning ijtimoiy tarmoqlarga qaytishi masalasi ochiqligicha qolmoqda. U yaqinda akkaunti ochiqlangan Twitterga ham qaytmagan.







