Yeb to‘ymagan… Zelenskiy endi samolyot olishni istamoqda
Kecha Germaniya va AQSH Kiyevga tank yetkazib berishga rozi bo‘lgandi.

G‘arb davlatlari Kiyevga tanklar yetkazib berilishini eʼlon qilgach, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ulardan uzoq masofaga uchuvchi raketalar va jangovar samolyotlar ham olishi kerakligini aytdi.
"Bugun men NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan gaplashdim. Endi Ukraina uchun uzoq masofaga uchuvchi raketalar ham yetkazib berish kerak, bu muhim - artilleriya sohasida hamkorlikni ham kengaytirishimiz lozim", - dedi u Telegram kanalida eʼlon qilingan videomurojaatda.
Chorshanba kuni AQSH rasmiylari Kiyevga 31 ta M1 Abrams tankini topshirish niyatida ekanligini maʼlum qildi. O‘z navbatida, Germaniya hukumati Ukrainaga Germaniya qurolli kuchlari zaxirasidan 14 ta "Leopard 2" tankini jo‘natishini va boshqa davlatlarga reeksport qilish uchun ruxsat berishini tasdiqladi.
Norvegiya va Slovakiya Mudofaa vazirligi ham tanklarni Ukrainaga o‘tkazish niyati borligini maʼlum qildi. Avvalroq Kiyevni tanklar bilan taʼminlash qarori Buyuk Britaniya, Fransiya va Polsha rasmiylari tomonidan eʼlon qilingan edi.







