“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi filialining sobiq boshlig‘i kelajagini barbod qildi
U 1 milliarddan ortiq pulni “uxlatdi”.

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filialining sobiq boshlig‘i Qarshi shahridagi faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJ rahbari bilan jinoiy til biriktirib, filialning 1 milliard 800 million so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.







