Zelenskiy: Putin men uchun hech kim emas
Ukraina rahbari Rossiya bilan muzokaralardan manfaatdor emasligini aytdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rejimi rahbari Vladimir Putin bilan qandaydir muzokaralar uchun uchrashishdan manfaatdor emasligini aytdi.
"Men uchun Putin hech kim emas. Tanishish ham qiziq emas, gaplashish ham qiziq emas... Rossiyada kim qaror qabul qilishini haqiqatan ham tushunmayapman. Men Rossiya hududida jang qilmoqchi emasman. Faqat ularni to‘xtatishni xohlayman. Urushni imkon qadar tezroq tugatib, yurtimizni tezroq tark eting. Men sizga aniq ayta olaman, agar ular bizning hududimizni tark etishsa, urush to‘xtaydi. Hammasi shu", - dedi Ukraina rahbari.
Prezident shuningdek, G‘arbga tanklari uchun minnatdorchilik bildirdi, biroq ularning soni va Ukrainaga yetkazib berish muddati “tanqidiy” ekanini qo'shimcha qildi.







