Belgorod viloyatida televideniye signallari xakerlar tomonidan almashtirib qo‘yildi — video
Efirda signallar o‘rniga Zelenskiyning murojaati ketgan.

25 yanvar kuni Rossiyaning Belgorod viloyatida xakerlar telesignallarni ruxsatsiz almashtirib, efirga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning murojaatini qo‘yib eshittirgan.
Rossiya hukumati vakillari kiberhujumda Ukraina xakerlari qo‘li borligini va ularga AQSH maxsus xizmatlari tomonidan yordam ko‘rsatilganligini maʼlum qilgan.







