Jahongir Ortiqxo‘jayev vakolatini tugatishni so‘rab ariza yozdi
Sobiq hokim endi deputat emas.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarorni maʼqulladi. Hokimning o‘zi vakolatini tugatishni so‘rab ariza yozgan.
Jahongir Ortiqxo‘jayev 2020 yil yanvarda O‘zLiDeP tomonidan nomzodi ilgari surilib, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga saylangan edi. So‘ng besh yil muddatga senator etib saylangandi.







