Tramp: Agar prezident bo‘lganimda, Ukraina nizosini bir sutka ichida to‘xtatgan bo‘lardim
AQSHning sobiq yetakchisi Jozef Baydenning Ukraina bo‘yicha siyosatini tez-tez tanqid qiladi.

Donald Tramp agar AQSH prezidenti bo‘lganida, bir sutka ichida Ukraina nizosini to‘xtatgan bo‘lardi. Bu haqda sobiq prezident o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida maʼlum qildi.
“Hatto hozir ham, agar men prezident bo‘lganimda, bu dahshatli urushni 24 soat ichida to‘xtatishga kelisha olardim”, – degan siyosatchi.
Tramp bundan oldin Jozef Bayden administratsiyasining Ukraina bo‘yicha siyosatini tanqid qilgandi. U nizoni qurol yuborish orqali emas, kelishuv bilan yakunlash zarurligini aytgandi.







