Vashington Moskvaga qarshi sanksiyalarni yumshatishga tayyor
Buning uchun Rossiya nima qilishi kerak?

AQSH maʼmuriyati Ukraina bo‘yicha jiddiy muzokaralarda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland maʼlum qildi.
“Rossiyaning jiddiy muzokaralar olib borish va o‘z kuchlarini Ukrainadan olib chiqib ketish hamda hududni qaytarish to‘g‘risidagi qarorini men, albatta, qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim”, — dedi diplomat.
Kremlga ko‘ra, hozir Ukraina bilan muzokaralar olib borish uchun shart-sharoit yo‘q. Shuningdek, u Vashingtonning Duma va Federatsiya Kengashi aʼzolariga nisbatan cheklov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlari aslida Rossiya-Amerika parlamentlararo muloqotining barbod bo‘lishiga olib kelganini taʼkidladi.







