AQSH generali: 2 yildan so‘ng Xitoy bilan urush boshlanishi mumkin
Mayk Minixan Pekin AQSHdagi 2024 yilgi saylovdan foydalanishi mumkinligini taxmin qildi.

AQSH generali Mayk Minixan Xitoy bilan 2025 yilda Tayvan uchun urush boshlanishi mumkinligini taxmin qildi. Bu haqda u o‘z qo‘l ostidagi xodimlarga jo‘natgan maktubida so‘z boradi.
“Umid qilamanki, men adashyapman. Intuitsiyam jang 2025 yilda bo‘lishini aytmoqda”, – deyiladi xatda.
Generalning fikricha, Pekin Amerika va Tayvandagi 2024 yilgi saylovlardan foydalanishi mumkin. Maktubning haqiqiyligi Minixan vakillari tomonidan tasdiqlangan.
Tayvan 1949 yildan buyon o‘z administratsiyasi tomonidan boshqarib kelinadi. Dunyo hamjamiyati uni Xitoyning bir qismi sifatida tan olgan.







