London Kiyevga jangovar samolyotlar yetkazib berishi mumkin
Ammo Britaniyaning bir sharti bor.

Agar Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududini tark etsa, Buyuk Britaniya Kiyevga jangovar samolyotlar yetkazib berishi mumkin. Bu haqda qirollik havo kuchlaridagi manbalarga tayanib "The Daily Telegraph" xabar berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, qiruvchi samolyotlarni Ukrainaga topshirish Britaniya harbiy qo‘mondonligi uchun “ustuvor masala” emas. Agar Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududini tark etsa va hukumat “mamlakatni himoya qilish uchun havo hududini patrul qilish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish zarurati”ga ega bo‘lsa, bunday yetkazib berishlar amalga oshirilishi mumkin.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir qator G‘arb davlatlarining Kiyevga tanklar yuborish qaroridan so‘ng, zamonaviy jangovar samolyotlarni ishga tushirishga chaqirdi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytishicha, baʼzi yevropalik hamkorlar Kiyevni F-16 qiruvchi samolyotlari bilan taʼminlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.







