Nukus voqealari bo‘yicha yakuniy sud qarori aytiladigan sana maʼlum bo‘ldi
Unda 22 nafar sudlanuvchiga hukm o‘qiladi.

2023 yil 31 yanvar kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud qarori eʼlon qilinadi.
Avvalroq, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni o‘z ishini davom ettirgani va prokuror D. Tajimuratovga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini berishni so‘ragani maʼlum qilingandi.







