Ochko‘zlik ayol hayotini saqlab qoldi
Bu Qaror uning foydasiga hal etildi.

AQSHning Alyaska shtatida yashovchi ayol sayrga chiqqanida quyonning muzlab qolgan jasadiga ko‘zi tushadi va uni keyinchalik eritish uchun o‘zi bilan olib ketadi.
Biroz vaqt o‘tib ayol qarori qanchalik to‘g‘ri ekaniga amin bo‘ladi.
Ayol qo‘lidagi quyon bilan konki uchish uchun joy tanlaganida muz qalinligiga e’tibor qaratmagan va muz ostiga tushib ketgan. Bu paytga u qo‘lidagi quyon jasadini muz ustiga otdi. Uning mo‘ynasi muzga yopishib qoldi. Ayol undan ilgak sifatida foydalanib, sovuq suvdan qutulib qoldi.
Kelsi o‘zini qutqarib qolgan quyondan issiq paypoqlar tiktirishni rejalashtirmoqda.







