Polsha Ukrainaga yanada ko‘proq tank yetkazib bermoqchi
Mamlakat bosh vaziri yarim yil avval Kiyevga 250 ta tank berganini tan oldi.

Polsha Ukrainaga qo‘shimcha 60 ta tank bermoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mateush Moraveskiy maʼlum qildi.
U Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ittifoqchilarni yana-da faol bo‘lishga ko‘ndirganidan xursandligini aytgan.
"Biz namuna bo‘lishga harakat qilyapmiz. Polsha yarim yil oldin 250 ta tank jo‘natgandi. Hozirning o‘zida 60 ta qo‘shimcha yetkazib berishga tayyormiz. Ularning 30 tasi — РT-91", — degan Moraveskiy.
РT-91 Polsha armiyasining asosiy jangovar tanki hisoblanadi. Varshava bundan oldin ham Kiyevga 14 ta Leopard 2 yetkazib berishini eʼlon qilgandi.







