Janubiy Amerika davlatlari harbiy mojaroga aralashmoqchi emas
Ular Ukrainaga qurol yetkazib bermaydi.

Lotin Amerikasi davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Argentina prezidenti Alberto Fernandes aytib o‘tdi.
“Argentina va Lotin Amerikasi Ukrainaga yoki boshqa mojaro zonasiga qurol jo‘natishni rejalashtirmayapti”, — dedi u Argentinaga tashrif buyurgan Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, joriy hafta boshida Braziliya Prezidenti G‘arb ittifoqchilari Kiyevga yetkazib berishga vaʼda bergan tank o‘q-dorilarini jo‘natish to‘g‘risidagi Berlin so‘rovini rad etgandi.








