Shahzoda Garri sehrgar Garrini ortda qoldirdi
Shahzoda Garrining shov-shuvli esdaliklari qancha oladi?

Penguin Random House nashriyoti maʼlum qilishicha, shahzoda Garrining memuarlari sotuvga chiqqanining birinchi kunidayoq AQSHda 1,4 mln nusxada sotilganini rasman tasdiqladi. Bu Garri Potter haqidagi istalgan kitobdan ko‘p degani.
Ammo umumiy sayyora masshtabida olganda Djoan Roulingning rekordini yangilash qiyin masala. 2007 yilda uning “Garri Potter va ajal tuhfasi” kitobi 24 soat ichida butun dunyo bo‘ylab 10 mln nusxada sotilgan.
O‘tgan hafta oxiriga kelib shahzodaning “Zahiradagi” kitobi 16 xorijiy tilda, 4 formatda (yumshoq va qattiq muqovali, elektron va audio kitob) 3,2 mln nusxada sotilgan.
Kelasi oylarda shahzodaning esdaliklari yana 10 ta tilga tarjima qilinadi.
Hozirgacha nashriyotchilar ham, Garri ham shartnoma miqdorini eʼlon qilmagan. Ammo Britaniya OAVlari Garrining avansining o‘zi rekord 20 mln dollar bo‘lganini eʼlon qildi.
Foydani taqsimlashning qanday formulasi tanlanganidan qatʼi nazar shahzodaning oilasi eng kamida 40 mln dollar olishi kerakligi aytilmoqda.
Bundan tashqari, Garri hikoya qilgan voqealarni ekranlashtirish huquqi ham kamida 5 mln dollarga baholanadi. Bir nechta gollivud studiyalari ssenariy yozish va film suratga olish istagini bildirgan.








