Uyqusizlikdan qanday qutulish mumkin?
Mutaxassis bo‘ bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Jismoniy faollik, xususan, sport bilan muntazam shug‘ullanish uyqusizlikdan xalos bo‘lishda katta yordam beradi.
Ammo, professor Yoqutxon Majidovaning so‘zlariga ko‘ra, bunday mashg‘ulotlarni uxlash oldidan bajarmaslik maqsadga muvofiq.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida tarkibida kofein bo‘lgan har qanday mahsulotni isteʼmol qilish, uxlashdan avval esa qahva yoki achchiq choy ichish mutlaqo mumkin emas.
Buning o‘rniga yotishdan 5-10 daqiqa oldin tinchlantiruvchi mashqlar bajarish, sokin musiqa tinglash va iliq vanna qabul qilish uxlashga yordam beradi.
Biroq shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmasa, zinhor uxlatuvchi dorilarni qabul qilish kerak emas.
Eng muhimi, bir vaqtda uyquga yotib, bir vaqtda uyg‘onishga harakat qilish lozim.








