Andijondagi 4 qavatli uyda gaz portladi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 30-yanvar kuni Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:55 larda Andijon shahridagi 1-kichik dahada joylashgan 4 qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuz bergan. Chaqnash oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan shahar FVB xodimlari va 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, prokuratura, IIB, SSB hamda “Hududgaztaʼminoti” xodimlari yetib borgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








