Jonson: Ukrainaga kirishdan oldin Putin menga raketalar bilan tahdid qilgan
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Rossiya prezidenti bilan o‘tkazgan oxirgi telefon muloqoti tafsilotlarini ochiqladi.

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson Ukraina urushidan sal oldin Vladimir Putin bilan telefon muloqoti tafsilotlarini ochiqladi.
"U menga Ukrainaning yaqin kelajakda NATO kirmasligi haqida so‘radi. Men "U yaqin kelajakda NATOga kirmaydi. Buni siz juda yaxshi bilasiz"deb javob berdim", — degan siyosatchi.
Shu bilan birga Putin unga raketa bilan tahdid qilganini aytgan. Jonson muzokaralar davrida RFni eskalatsiyadan voz kechishga chaqirgan.
Vladimir Putin va Boris Jonson oxirgi marta o‘tgan yilning 2 fevralida telefon orqali muloqot qilgandi.







