Samarqandda 2 ta Nexia YTHga uchradi
Holat yuzasidan YHXB maʼlumot berdi.

Bugun, 30-yanvar kuni Samarqand viloyatining Narpay tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.
To‘qnashuv soat 12:00 larda Narpay tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 91-kilometrida Nexia va Nexia-2 rusumli avtomashinalar ishtirokida yuz bergan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








