AQSH va Isroil Eronga qarshi birlashmoqdami?
Netanyaxu Entoni Blinken bilan uchrashuv yakunlari haqida gapirdi.

Isroil va Qo‘shma Shtatlar Eronning yadro quroli va uni yetkazib berish vositalariga ega bo‘lishining oldini olish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Quddusda AQSH davlat kotibi bilan qo‘shma matbuot anjumanida maʼlum qildi.
"Bizning siyosatimiz...Eron yadro quroli va uni yetkazib berish vositalariga ega bo‘lishining oldini olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishdan iborat. Bu o‘zgarishsiz qolmoqda. Lekin, shubhasiz, biz va Qo‘shma Shtatlar birgalikda ishlayotganimiz ham ushbu umumiy maqsad uchun muhim", - dedi Isroil hukumati rahbari.
U AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvni xavfning oldini olish bo‘yicha umumiy siyosatni shakllantirish borasida juda yaxshi muhokama bo‘ldi, deb taʼrifladi.
Netanyaxu shuningdek, dunyo Eronning o‘z chegaralari va Yaqin Sharq mintaqasida bosqinchilik olib borayotganiga guvoh bo‘lganini taʼkidladi. Shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, bu rejim yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligi haqida umumiy fikr mavjud.







