O'zbekiston

Jahongir Ortiqxo‘jayev Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan ham o‘chirildi

Sobiq hokimning senatorlik vakolati muddatidan oldin tugatildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan ham o‘chirildi

 

Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni Oliy Majlis Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

 

Unga ko'ra:

 

1. Toshkent shahridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Jaxongir Abidovich Artikxodjayevning Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati sifatida vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan hamda Senat aʼzosi sifatida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
 

2. Jaxongir Abidovich Artikxodjayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarilsin.
 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga yuborilsin.
 

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin, deyiladi qarorda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.