Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Holat yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

Samarqand viloyatida ikki nafar fuqaro ovqatdan zaharlanib vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 6-yanvar kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida 5 nafar fuqaro ovqatdan zaharlanish (botulizm) tashxisi bilan yotqizilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, 24 yoshli E.Sh. (erkak) 14 yanvar kuni, 26 yoshli E.D. (ayol) 26-yanvar kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘shrabot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.








