O'zbekiston

"Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘i" — Prezident

Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi Bo‘ston tumanidan boshlandi.

"Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘i" — Prezident

 

Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi Bo‘ston tumanidan boshlandi. Bu yerda yaqinda “Sayyora favvorasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan to‘qimachilik korxonasi ishga tushirilgan edi.

 

Umumiy qiymati 113 milliard so‘mlik ushbu loyiha doirasida bino barpo etilib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun 50 turdan ortiq, yiliga 1 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Mingga yaqin mahalliy aholi ish bilan taʼminlandi.

 

Korxonaning “Elegance SM” brendi ostidagi sifatli, bejirim mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilgan. Yillik eksport hajmi 4 million dollar bo‘lishi mo‘ljallangan.

 

"Bu korxonaga zamin yaratayotganimizda bugungiday bo‘lib ketishiga ko‘pchilik ishonmagandi. Bo‘ston iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tumanlardan edi. Mana shunday korxonalar ochilib, odamlarimiz daromad topayotgani quvonarli. Buni davom ettirib, ish o‘rinlarini ko‘paytirishimiz kerak", — dedi davlatimiz rahbari.

 

Shu yerning o‘zida kasb-hunarga qayta tayyorlash o‘quv markazi tashkil etilgan. Unda hududdagi ishsiz fuqarolar hunar o‘rganib, o‘z yo‘lini topmoqda. Jumladan, yaqinda 200 nafar ehtiyojmand xotin-qiz kasbga o‘qitilib, ishga olindi.

 

Prezident ular bilan suhbatda ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘i ekanini taʼkidladi. Korxonaga muvaffaqiyat, ayollarga oilaviy farovonlik tiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘i" — Prezident | Zamon.uz