Bayden Trampning xatolarini to‘g‘irlash uchun ancha vaqti ketganini aytdi
Amaldagi prezident avvalgi maʼmuriyatning tashqi siyosatini tanqid qildi.

Jozef Bayden Donald Trampdan keyin Amerika ittifoqchilari bilan munosabatlarni tiklashga majbur bo‘lganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi administratsiya "AQSH juda ko‘p do‘stlarini yo‘qotgan"tashqi siyosatni meros qilib oldi.
"Men NATO alyansini tiklash uchun ancha vaqt sarfladim. YEI, Janubiy Koreya va Yaponiya bilan aloqalarni tiklash uchun ham ancha vaqt ketdi", — degan Bayden.
AQSH prezidenti dunyo yetakchilari bilan yuzlab soat muloqot o‘tkazganini qo‘shimcha qilgan.







