Dron narxi 1 dollar, ammo unga xizmat ko‘rsatish 10 million
AQSH kompaniyasi Ukrainaga noodatiy taklif bilan chiqdi.

AQSHning General Atomics Aeronautical Systems Inc (GA-ASI) kompaniyasi Ukrainadan ikki dona MQ-9 Reaper droni uchun 1 dollar so‘radi. The Wall Street Journal gazetasiga ko‘ra, ehtimoliy kelishuv Jozef Bayden administratsiyasi tomonidan maʼqullanishi kutilmoqda.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Vashingtondagi Ukraina harbiy attashesiga yuqoridagi taklif jo‘natilgan. Ammo dronlarni jo‘natish 10 million dollarga, ularga yillik xizmat ko‘rsatish 8 million dollarga tushadi. Kelishuv amalga oshgan taqdirda kompaniya uchuvchisiz qurilmalarni boshqarishning yerusti stansiyasini ham taqdim etadi.
MQ-9 Reaper xususiy tartibda, AQSH hukumatining yordam tizimidan tashqarida yetkazib beriladi. Ammo u har qanday holatda Oq uy tomonidan maʼqullanishi kerak.







