Rossiya Qirg‘izistonga 20 million dollarlik mashinalar va vertolyot beradi
Japarov bu haqda maʼlum qildi.

Rossiya yaqin orada Qirg‘izistonga 20 million dollarlik o‘t o‘chiruvchi mashinalar va vertolyot beradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov maʼlum qildi.
“Fevral-martda Rossiyadan yordam sifatida 40 ta o‘t o‘chirish mashinasi va Mi-8 vertolyotini olamiz”, – degan u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ushbu texnikalar respublika favqulodda vaziyatlar vazirligiga beriladi. U poytaxtdan tashqari, boshqa viloyatlarga ham yo‘naltiriladi.







