Jahon

AQSH Falastinga yana 50 million dollar bermoqchi

Oxirgi ikki yil ichida AQSHning falastinliklarga bergan moliyaviy yordamining umumiy miqdori qariyb 940 million dollarni tashkil qilgan.

AQSH Falastinga yana 50 million dollar bermoqchi

 

Quddusda bo‘lgan AQSH davlat kotibi Oq uy hamkorlari bilan Yaqin Sharqni yana-da barqaror, xavfsiz va farovon qilish uchun ishlashga qatʼiy qaror qilganini taʼkidladi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Entoni Blinkenning Isroil hukumati aʼzolari, Falastin maʼmuriyati va Misr rahbariyati bilan uchrashuvi chog‘ida mintaqadagi keskinlikni pasaytirish va xavfsizlikni mustahkamlash uchun har bir tomon ko‘rishi mumkin bo‘lgan amaliy qadamlar haqida konstruktiv g‘oyalar muhokama qilindi.

 

E.Blinken nizolashayotgan tomonlarni zo‘ravonliklarning yana-da kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik va tinchlik o‘rnatish choralarini ko‘rishga chaqirdi.

 

AQSH Tashqi ishlar vazirligi rahbari joriy yilning 29 yanvar kuni Neva Yaakovdagi sinagoga yaqinida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlarga hamdardlik bildirdi.

 

AQSH BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligiga yana 50 million dollar ajratishini maʼlum qildi.

 

Bu mablag‘lar mamlakat aholisini oziq-ovqat, vaksinalar va taʼlim bilan taʼminlashga yo‘naltiriladi. Oxirgi ikki yil ichida AQSHning falastinliklarga bergan moliyaviy yordamining umumiy miqdori qariyb 940 million dollarni tashkil qilgan.

 

Blinken, AQSH tinchlikni mustahkamlash, falastinliklar va isroilliklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Qayd etilishicha, prezident Bayden maʼmuriyatining siyosati ikki xalq uchun ikki davlat konsepsiyasini saqlab qolish va amalga oshirishga qaratilgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

AQSH Falastinga yana 50 million dollar bermoqchi | Zamon.uz