AQSh Rossiyaga aloqador qora ro'yxatni yangiladi
Mamlakat Moliya vazirligi Rossiya bilan aloqador jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan navbatdagi sanksiyalarni joriy qildi.

Qora ro‘yxatga Singapur, Latviya Kipr, Isroil, Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari kiritilgan.
Unda O‘zbekistonning 2 nafar fuqarosi bor. Ular: Gilad Piflaks (1992-yilda Toshkentda tug‘ilgan, O‘zbekiston va Isroil fuqaroligiga ega) va Maks Borisovich Piflaks (1962 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqaroligiga ega, 2002-yilda Kiprda tashkil etilgan Mateas Ltd kompaniyasi rahbari).
Ro‘yxatdagi boshqa shaxslar:
- Marks Blats (Latviya);
- Serena Bi Lin (Singapur);
- Igor Palnichenko (Kipr);
- Aleksandr Volfovits (Kipr, Isroil);
- Ariel Volfovits (Kipr);
- Stanislav Volfovits (Kipr, Isroil);
- Igor Zimenkov (Isroil, Rossiya);
- Natan Zimenkov (Rossiya).
Yuridik shaxslar ro‘yxati:
- Asia Trading & Construction PTE LTD (Singapur);
- DES Defense Engineering Solutions LTD (Isroil);
- Elektrooptika SIA (Latviya);
- GBD LTD (Kipr);
- GMI Global Manufacturing & Integration LTD (Kipr);
- Kliosa LTD (Kipr);
- Mateas LTD (Kipr);
- Pitaron LTD (Kipr);
- Terra-AZ LTD (Kipr);
- Texel FCG Technology LTD (Isroil);
- U-Stone LTD EOOD (Bolgariya);
- VFC Solutions LTD (Kipr).







